Galte «PSJ»da yangi taktik sxemani sinovdan o'tkazmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 209

«PSJ» yangi bosh murabbiyi Kristof Galte jamoaning taktik sxemasini o'zgartirishga qaror qildi. Yaponiyadagi yig'in davomida mutaxassis 3-4-1-2 sxemasini joriy qilmoqda.
Markaziy himoya uchligini Presnel Kimpembe, Markinos va Serxio Ramos tashkil qilayotgan bo'lsa, qanotlarga Nunu Mendesh (yoki Xuan Bernat) va Ashraf Hakimiy joylashtirildi.
Maydon markazida Idrissa Guye va Vitinya yoki Marko Verratti va Leandro Paredes juftligi harakat qilishmoqda.
Kilian Mbappe va Neymar hujum juftligini tashkil qilmoqda. Lionel Messi esa ulardan biroz orqaroqda o'ynab, yarim himoya va hujumni bog'lovchi vazifasini bajarmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
386