"Bavariya" futbolchisi ikki oyga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

"Bavariya" o'z yarim himoyachisi Leon Goretskani ma'lum muddatga yo'qotdi. 27 yoshli futbolchi chap tizzasidan jarohat oldi va operatsiya qilindi. Goretska tiklanishi uchun olti-sakkiz hafta kerak bo'ladi, deya xabar beradi Sky nashri.
Leon Goretska 2018 yilning yozida "Shalke-04"dan "Bavariya"ga o'tgan edi. To'rt mavsum davomida yarim himoyachi myunxenliklar safida turli musobaqalarda 139 ta rasmiy o'yin o'tkazgan. Ularda Goretska 28 ta gol urgan va 29 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Bavariya" 2022/2023 yilgi mavsumdagi ilk rasmiy o'yinini 30 iyul kuni o'tkazadi. Shu kuni myunxenliklar Germaniya Superkubogi uchun "Leyptsig" bilan kuch sinashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
378