Zlatan yangi shartnoma orqali «Milan»da qancha maosh olishi aytildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

Zlatan Ibrahimovich bugun Italiyaning Garda ko'lidagi villasida «Milan» direktorlari Paolo Maldini va Frederik Massarani qabul qildi hamda u erda bir yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, shvetsiyalik futbolchining maoshi 1-15 million evro atrofida bo'ladi. Zlatanning muvaffaqiyatli o'yiniga qarab ushbu summa oshishi mumkin.
Shartnoma imzolangani haqidagi xabar yaqin kunlarda e'lon qilinishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, Ibrahimovich may oyida tizzasidan operatsiya qilingan bo'lib, shu tufayli 6 oyga safdan chiqqan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268