«Atletiko»ga Ronaldu kerak emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Atletiko»ga o'tmaydi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, madridliklar uchun mazkur transfer iqtisodiy jihatdan manfaatli emas. "Atletiko" na futbolchining yuqori maoshi, na transfer uchun to'lov qobiliyatiga ega.
Portugaliyalik futbolchining «Atletiko»ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarni Ronalduning atrofidagilar, xususan, agent Jorje Mendesh tomonidan tarqatilgan. Klub esa bu xabarni darhol inkor etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258