De Ligt "Bavariya"da qancha mablag' ishlab olishi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

TMW xabariga ko'ra, "Yuventus"ning 22 yoshli himoyachisi Matteys de Ligt myunxenliklar klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi, unga ko'ra u turli xil bonuslarni hisobga olmaganda, har mavsumda 10 million evro ishlab oladi.
Oldinroq "Bavariya" de Ligtning transferiga 80 million evro evaziga kelishib olgani haqida xabar berilgandi. Transfermarkt portali Niderlandiya terma jamoasi futbolchisini 70 millionga baholamoqda.
O'tgan mavsumda himoyachi "Yuventus" safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi 2019 yilning yozidan beri turinliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275