"Atletiko" Ore transferini yakunlashga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Madridning “Atletiko” klubi “PSJ” va “Vilyarreal”ning sobiq futbolchisi Serj Ore bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi, deya xabar beradi AS.
Madrid klubi erkin agent maqomida bo'lgan futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
1 iyul kuni futbolchining “Tottenxem” bilan shartnomasi yakuniga etdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 10 million evroga baholamoqda.
Ore o'tgan mavsumda "Vilyarreal"da ijara asosida o'ynadi. U 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
317