"Milan" niderlandiyalik yulduzni sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

"Milan" rahbariyati joriy transfer oynasida jamoa yarim himoyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Insayder Janluka di Martsio xabariga ko'ra, yarim himoyachi Jojino Veynaldum italiya klubining maqsadi bo'lib turibdi.
Avvalroq, "PSJ" futbolchi bilan xayrlashishga tayyorligini ma'lum qilgan va uni "Milan"ga taklif qilgandi. “Rossonerlar” bu taklifdan unumli foydalanib, yulduz bilan shartnoma imzolashga tayyor. Jorjinoning transfer narxi 18 million evro. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Yarim himoyachi o'tgan mavsumda Liga 1'da 31 o'yinda maydonga tushib, atigi bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223