Zinchenko kelasi hafta boshida "Arsenal" futbolchisiga aylanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko "Arsenal"ga o'tishga yaqin turibdi.
Sky Sports xabariga ko'ra, London klubi kelasi hafta boshida ukrainalik futbolchining transferini rasmiylashtirishni kutmoqda.
"Kanonirlar" allaqachon futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgan.
Zinchenkoning "Manchester Siti" bilan shartnomasi yana ikki yilga mo'ljallangan. O'tgan mavsumda ukrainalik futbolchi "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 28ta o'yin o'tkazib, 5ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232