«Paxtakor» – «Metallurg» uchrashuvi prevyusi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1053

Superliganing 6-turida muxlislar “Paxtakor” va "Metallurg" o'rtasidagi qarama-qarshilikka guvoh bo'lishadi.
Chempionatlar doirasida klublar 44 bor to'qnash kelishgan. "Sherlar" 36 bellashuvda zafar quchishgan, 4 o'yinda "Metallurg" g'olib chiqqan. 4 uchrashuvda jamoalar durang o'ynashgan. “Paxtakor” 117 gol urib, darvozasidan 33 to'p olib chiqqan. Hozirda jamoalar turnir jadvalida yuqori pog'onalarni band etib turishibdi. Bu esa bellashuv ahamiyatini yanada oshiradi.
Toshkentdagi o'yinlarning 20tasida “Sherlar” ustun kelishgan. 2 uchrashuvda durang kuzatilgan.
Diskvalifikatsiya tufayli o'yinni o'tkazib yuboradigan futbolchilar jamoalar safida mavjud emas.
"Paxtakor" va "Metallurg" o'rtasidagi uchrashuv 1 may, payshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 18:30da boshlanadi

Bosh sahifaga
195