"PSJ" yangi bosh murabbiyi jamoa sardori borasida yakuniy qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

"PSJ"ning yangi bosh murabbiyi Kristof Galte Markinosni jamoa sardori vazifasida qoldirdi.
Aynan braziliyalik himoyachi Tiago Silva klubni tark etganidan so'ng 2020 yilda parijliklarning sardori bo'ldi. Maurisio Pochettino murabbiy etib tayinlanganidan keyin hech narsa o'zgarmadi. Joriy yozdan boshlab klubda sezilarli qayta qurish bo'ldi: ko'plab futbolchilarga eshik ko'rsatiladi, murabbiy va sport direktori allaqachon o'zgargan, ammo sardor o'zgarmagan. Parijliklarning yangi murabbiyi Kristof Galte L’ÉQUIPE nashriga bergan intervyusida Markinos sardorlik taqishda davom etishini aytdi.
28 yoshli braziliyalik 2013 yildan buyon "PSJ"da o'ynab kelmoqda. Frantsiya grandida 363 ta uchrashuv o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279