"Arsenal" Bundesliga klubi himoyachisiga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

Londonning “Arsenal” klubi Germaniya Bundesliga jamoasi himoyachisi bilan o'z tarkibini kuchaytirmoqchi. Jurnalist Janluidji Longarining ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, "kanonirlar" e'tiborini Leverkuzenning "Bayer" klubi himoyachisi Edmond Tapsobga qaratmoqda.
Manbaga ko'ra, "dorishunoslar" o'z futbolchisini 60 million evroga baholamoqda, biroq Mikel Arteta jamoasi Burkina-Faso terma jamoasi futbolchisi uchun bu summani to'lashga tayyor emas. Klublar o'rtasidagi muzokaralar yaqin orada boshlanishi kerak.
O'tgan mavsumda Tapsoba Germaniya chempionatida bitta gol urdi. Futbolchi 2020 yilning qishida "Vitoriya Gimaraysh" jamoasidan “Bayer”ga ko'chib o'tgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236