Galte Kimpembening "Chelsi"ga transferi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84

"Pari Sen-Jermen" klubining yangi bosh murabbiyi Kristof Galte himoyachisi Presnel Kimpembening "Chelsi"ga o'tish ehtimoli haqida gapirdi.
“Men Kimpembe haqidagi barcha mish-mishlarni o'qib chiqdim. Hatto u bilan bu yangilikni muhokama qildik va birga kuldik. Menga Presnel yoqadi, u ajoyib markaziy himoyachi. To'g'risi, nima bo'lishi mumkinligini bilmayman, - dedi Galte L'Equipe nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumotlarga ko'ra, "PSJ" va "Chelsi" o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
350