"Chelsi" xo'jayini: "Kulibali dunyoning etakchi himoyachilaridan biri"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 87

"Chelsi" xo'jayini Todd Byoli senegallik himoyachi Kalidu Kulibalining transferi haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, bugun London klubi "Napoli"dan 31 yoshli futbolchi transferini rasman e'lon qildi. Futbolchi "Chelsi" bilan yana bir yilga uzaytirilishi mumkin bo'lgan to'rt yillik shartnoma tuzdi va transfer summasi taxminan 40 million evroni tashkil qildi.
“Kalidu Kulibali dunyodagi kam sonli elit himoyachilaridan biri. Kiyinish xonasida etakchi va boy tajriba hamda sifatlarga ega bo'lgan namunali o'yinchi, bu bizning jamoamiz va butun klub uchun foyda keltiradi", - dedi Byoli "Chelsi" rasmiy saytiga.
O'tgan mavsumda Kulibali neapolliklar safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bosh sahifaga
256