"Chelsi"ning to'xtash niyati yo'q
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Frantsiyaning "Lans" klubi o'ng qanot himoyachisi Jonatan Kloss faoliyatini Premer-ligada davom ettirishi mumkin.
29 yoshli futbolchining xizmatlariga "Chelsi" qiziqish bildirgan. Evening Standard xabariga ko'ra, endilikda "Manchester Yunayted" ham frantsiyalik futbolchi uchun kurashga qo'shilish niyatida.
Klossning potentsial transferi 8 million funtga baholanmoqda. London klubi agar Sezar Aspilikueta "Barselona"ga o'tsa, o'yinchi sotib olishga harakat qiladi.
2021/22 yilgi mavsumda Kloss Liga 1ning 37 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258