Zinchenko "Arsenal" bilan kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko "Arsenal" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishib oldi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Tomonlar 5 yillik shartnoma borasida kelishib olishdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, transfer londonliklarga 35 million evroga tushishi mumkin. "Arsenal" "Man Siti" bilan muzokaralar olib bormoqda.
25 yoshli ukrainalik futbolchi bilan shartnoma imzolash tashabbuskori bosh murabbiy Mikel Arteta hisoblanadi. "Kanonirlar" transferni tezda amalga oshirmoqchi.
O'tgan mavsumda Zinchenko barcha musobaqalarda “shaharliklar” safida 28 ta o'yin o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242