Tuxel hujumchisining jamoadan ketishidan manfaatdor emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel klub albaniyalik hujumchi Armando Broyya bilan xayrlashish niyatida emasligini aytdi.
Oldinroq "Vest Xem" 20 yoshli futbolchi uchun 35 million evro taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
“Armando Broyya bizning futbolchimiz. Ayni paytda biz uni sotishdan manfaatdor emasmiz. U bizda yaxshi taassurot qoldirish uchun keldi”, - deya Tuxelning so'zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist Fabritsio Romano.
Broya o'tgan mavsumda "Sautgempton"da ijara asosida o'ynagandi. U barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242