Alderveyreld Belgiyaga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

"Antverpen" klubi matbuot xizmati rasmiy saytida belgiyalik himoyachi "Al-Duhail" Tobi Alderveyreldning transferi haqida e'lon qildi.
Transfer summasi oshkor qilinmadi. Belgiya klubi futbolchi bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
33 yoshli Alderveyreld 2021 yildan beri “Al Duhail” safida to'p tepib kelayotgan edi. Umuman olganda, u klub safida barcha musobaqalarda 27 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Ilgari "Ayaks", "Atletiko", "Sautgempton" va "Tottenxem" klublarida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249