Rafinya kim sabab "Barselona"ni kuzata boshlaganini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

"Barselona" klubi yangi futbolchisi Rafinya bilan shartnoma imzolangani munosabati bilan matbuot anjumani o'tkazdi.
“Men “Barsa”ni Ronaldino klubga qo'shilganidan so'ng kuzatib boshladim. U bu erda erishgan hamma narsa mening transferimga katta ta'sir ko'rsatdi. Men buni doim orzu qilganman”, - dedi Rafinya matbuot anjumanida.
Oldinroq “Barselona” futbolchi uchun 58 million evro to'lashi, bonuslar hisobga olinsa, bu summa 67 million evroga ko'tarilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Futbolchining shaxsiy shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
2021/22 yilgi mavsumda Rafinya “Lids” safida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali hujumchini 45 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
236