Belgiyalik iqtidor: "Yangi takliflarga tayyorman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

"Bryugge" yarim himoyachisi Sharl de Ketelare "Milan" va "Lids" klublarining qiziqishlari haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.
“Kelajakda nima bo'lishini bilish juda qiziq. Agar klublar menga qiziqish bildirsa, men ularni tinglayman. Men: "Agar qachondir "Bryugge"ni tark etishimga to'g'ri kelsa, juda qo'rqaman", deb aytardim. Ammo hozir hammasi boshqacha. Agar jiddiy taklif tushsa, men tayyorman", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Eleven Sport.
Avvalroq, 21 yoshli belgiyalik uchun poygada "Lids" etakchilik qilayotgani xabar qilingandi.
2021/22-yilgi mavsumda De Ketelare “Bryugge” safida 49 o'yinda 18 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228