Balotelliga yangi taklif tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Hujumchi Mario Balotelli faoliyatini Shveytsariyada davom ettirishi mumkin. GOAL xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchiga "Son" qiziqish bildirmoqda.
Balotelli avvalroq A Seriyada "Lumetstsane", "Inter", "Milan", "Breshia" va "Montsa" klublarida o'ynagan.
Hujumchi "Inter" bilan birgalikda uch marta Italiya chempioni bo'ldi, mamlakat kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi.
2021/2022 yilgi mavsumda italiyalik forvard “Adana Demirspor” tarkibida Turkiya chempionatining 31 ta uchrashuvida qatnashib, 18 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249