"Portu" himoyachisi frantsuz klubi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

Himoyachi Shansel Mbemba "Portu"dan "Marsel"ga ko'chib o'tdi. Kongo DR terma jamoasining 27 yoshli futbolchisi erkin agent sifatida Frantsiya klubi bilan shartnoma imzoladi.
Kelishuv 2025 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 17 million evroga baholamoqda.
Mbemba o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Shuningdek, u 5 ta sariq va 1 ta qizil kartochka ishlab olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260