"Roma" "PSJ"ga keraksiz yulduz bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

Yarim himoyachi Jorjino Veynaldum "PSJ"ning yangi bosh murabbiyi Kristof Galtening rejalariga kiritilmagan, deya xabar beradi jurnalist Matteo Moretto.
"Roma" futbolchini 1 mavsum uchun ijaraga olishi mumkin. Shu bilan birga, "PSJ" niderlandiyalik yarim himoyachiga hozirgi maoshining yarmini to'lab beradi.
2020/21 yilgi mavsum oxirida futbolchi “Liverpul”ni tekinga tark etdi va “PSJ” bilan shartnoma imzoladi.
O'tgan mavsumda yarim himoyachi parijliklar safida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 18 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246