O'rtoqlik o'yini. Futzalchilarimiz Tojikistonni yana mag'lub eta olishmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 73

Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi kecha Tojikistonga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib, yana durangga imzo chekdi.
Husniddin Nishonov 6-daqiqada jaima zarbasini golga aylantirdi. Ushbu gol birinchi bo'limda yagonaligicha qoldi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida tojikistonliklar burchak zarbasini chiroyli kombinatsiya orqali golga aylantirib, hisobni tenglashtirishdi.
Oradan bir daqiqa o'tib burchakdan etkazilgan uzatmani Dilshod Rahmatov golga aylantirdi hamda jamoamizni oldinga olib chiqdi. Ammo o'yin tugashiga3 daqiqa qolganida qo'shnilarimiz chiroyli gol bilan hisobni tenglashtirishdi — 2:2.
Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan uchrashuvda 4:4 hisobi qayd etilgan edi. O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi uchinchi bahs 17 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi
O'ZBEKISTON - TOJIKISTON - 2:2 (1:0)
Gollar: Husniddin Nishonov (6ʼ), Dilshod Rahmatov (28ʼ) — Abduqayum Umarov (27ʼ, 37ʼ).

Bosh sahifaga
228