Blatter: "Etti yillik yolg'on o'tdi, biz haqimizda yana eshitasiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 75

O'tgan hafta sud FIFA va UEFAning sobiq prezidentlari Yozef Blatter va Mishel Platinini oqladi. FIFAning sobiq rahbari endilikda ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirishni boshladi.
"Salom do'stlar, men qaytib keldim. Men hali ham kuchliman - etti yillik yolg'onlar yakunlandi. Endi o'yin yana to'g'ri yo'nalishda ketadi. Mishel Platini ta'kidlaganidek, "Bizdan yana eshitasiz", deb post qoldirdi 86 yoshli Blatter.
Yozef Blatter 1998 yildan 2015 yilgacha FIFA prezidenti lavozimida ishlagan.
FIFA ayni damda Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Turnir 2022 yilning noyabr-dekabr oylarida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200