Rossiyalik taniqli murabbiy vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

Rossiyalik mashhur murabbiy Grigoriy Yartsev 75 yoshida vafot etgani haqida ma'lumotlar tarqaldi
Grigoriy Yartsev asosan "Spartak" va Rossiya terma jamoasidagi faoliyati bilan tanilgan. Yartsev boshchiligida Rossiya terma jamoasi 2003-2005 yillarda 19 ta o'yin o'tkazgan. Terma jamoa uning qo'l ostida 7 g'alaba qozongan, 7 ta durang o'ynagan va 5 marta mag'lubiyatga uchragan.
Shuningdek, Yartsev faoliyati davomida “Dinamo”, “Rotor”, “Torpedo” va Moldovaning “Milsami” klublarini boshqargan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194