Rasman! "Manchester Yunayted" muxlislari kutgan transfer e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 928

"Manchester Yunayted" o'zining rasmiy saytida jamoa yarim himoyachi Kristian Erkisen bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Yarim himoyachi bilan shartnoma 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.
2021 yilning yozida, Evro-2020 vaqtida futbolchi yurak xurujiga uchradi va shundan so'ng u faoliyatini vaqtinchalik to'xtatdi. Unga implantatsiya qilinadigan kardioverter defibrilator o'rnatildi, bu Eriksenni 2020 yildan 2021 yilgacha o'ynagan "Inter" bilan shartnomasini bekor qilishga majbur qildi.
30 yoshli yarim himoyachi o'tgan mavsumni "Brentford"da o'tkazdi. Yarim himoyachi 11 uchrashuvda 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
256