"PSJ" Ekitike uchun qancha mablag' sarf qilmoqchi ekanligi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89

Jurnalist Adrien Grene ijtimoiy tarmoqlarda "PSJ" yosh hujumchi Ugo Ekitike transferi uchun "Reyms" jamoasiga qancha tovon puli to'lashi haqida ma'lumot berdi.
Manbaga ko'ra, Ekitikening transferi parijliklarga 30 million evroga tushadi. Shu tariqa futbolchi jamoaga "Sassuolo" 50 million evro talab qilgan Janluka Skamakkadan 20 millionga arzonga tushadi. Eslatib o'tamiz, italiyalik futbolchi hozirda Londonning "Vest Xem" klubiga o'tishga yaqin turibdi.
Ekitike "PSJ"ga o'tish uchun avvalroq uning xizmatlariga "Nyukasl" qiziqish bildirayotgan Angliya Premer-ligasiga o'tishni rad etgan edi.
Ugo o'tgan mavsumda ligada 10 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250