Sanening xizmati Evropaning yana bir top-klubiga tavsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

"Bavariya" yarim himoyachisi Leroy Sanening agenti o'z mijozining xizmatlarini ikkita top-klubga taklif qildi. Bu jamoalar - "Chelsi" va "Real"dir, deb xabar beradi Marca nashri.
Manba bergan xabarga ko'ra, "Bavariya" o'z futbolchisini sotmoqchi emas, biroq Sanening o'zi faoliyatini boshqa klubda davom ettirish variantlarini ko'rib chiqmoqda, shu sababli u agentdan o'zi uchun yangi variantlar topishni so'ragan.
Eslatib o'tamiz, Sane 2020 yilning yozida "Manchester Siti"dan "Bavariya"ga ko'chib o'tgan va shundan beri klub bilan ikki marta Germaniya Bundesligasida g'olib chiqqan. O'tgan mavsumda futbolchi chempionatda 7 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260