"Chelsi" AQShlik darvozabonni sotib olgani tasdiqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86

"Chikago Fayr"ning 18 yoshli darvozaboni Gabriel Sloninaning agenti "Chelsi" amerikalik futbolchining transferiga rozi bo'lganini tasdiqladi.
Qayd etilishicha, "Chelsi" Sloninaning transferi uchun turli bonuslarni hisobga olmaganda 10 million evro to'laydi. Biroq, darvozabon yana bir mavsum MLSda qoladi va u erda ijara asosida o'ynaydi.
Bu yil Slonina “Chikago Fayr” safida 20 ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 27 ta gol o'tkazib yubordi va 8 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Transfermarkt portali AQSh terma jamoasi darvozabonini 3 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243