Akobir To'raev «Neftchi» bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

2012 yilda Eronda o'tkazilgan 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida porlagan Akobir To'raev so'nggi 2 mavsumdan buyon xorijda faoliyat yuritmoqda. U o'tgan mavsumda Tojikiston chempionatida o'ynagan bo'lsa, shundan so'ng hamyurtimiz Hindistonga yo'l olgandi.
Qirg'izistonning "Neftchi" klubi esa kuni kecha Akobir bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi. 25 yoshli futbolchi joriy mavsum oxiriga qadar qo'chqor-otaliklar safida to'p tepadi.
Eslatib o'tamiz, Akobir To'raev faoliyati davomida "Buxoro", "Paxtakor", "Mash'al" klublari sharafini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
269