Braziliyada Neymarning mulkiga taqiq qo'yildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 674
Braziliya soliq xizmati "PSJ" hujumchisi Neymar mulkining bir qismiga taqiq qo'ydi.
Futbolchi 2013 yilda "Santos"dan "Barselona"ga o'tish chog'ida soliq to'lashdan bosh tortganlikda ayblanmoqda.
Braziliyalikning oilasiga 15,7 million evro to'lash taklif qilinmoqda shuningdek, 150 foiz miqdorda jarima ham. Neymar tomoni 2,6 million evro to'lashga rozi.
Chora sifatida 2008 yilda ishlab chiqarilgan Cessna Citation 680 samolyoti (bahosi 4 dan 18 mln evro) va 2012 yilda ishlab chiqarilgan Eurocopter 130 B4 vertolyoti (bahosi 2 mln evro) hibsga olingan.
Futbolchining otasi Braziliya iqtisodiyot vaziri Paulo Guedes bilan urashgan, ammo kelishuvga erisha olmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!