"Barselona"ning moliyaviy ahvoli qay darajada yaxshilandi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

"Barselona"ning moliyaviy holati birdaniga yaxshilandi. Albatta, hammasi to'liq avvalgidek emas. Lekin “blaugranas” moliyaviy feyr-pley qoidalari va La Ligada mavjud bo'lgan maosh chegarasi o'rtasida manevr qilish imkonini beruvchi eng murakkab sxemalarni tuzishga muvaffaq bo'ldi.
To'g'ri, klubning avvalgi darajasini tiklash uchun xali ko'p ishlar qilish kerak. Kleman Lengle va Fransisko Trinkau mos ravishda "Tottenxem" va "Sporting"ga ijaraga berib yuborilganidan jamoa biroz xursand bo'lishi kerak. Yumtiti esa “Renn” bilan shartnoma imzolamadi. Bu albatta, klubga yoqmayapti. To'g'ri, futbolchining atrofidagilar bu yolg'on va barcha ayb Frantsiya klubida ekanini aytishmoqda. Ammo bu "Barselona”ga umuman qiziq emas, chunki ijaradan qaytgan Miralem Pyanich bilan bir vaqtning o'zida Frenki de Yongning ko'tariladigan maoshi haqida o'ylash kerak. Gollandiyalik futbolchining "Manchester Yunayted"ga o'tishi haqidagi voqea - bu haqiqiy serial bo'lib ketdi.
"Barsa" boshidanoq maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo'lgan taqdirdagina eng ko'p maosh oluvchi o'yinchini saqlab qolishini aniq aytdi. Ammo, ma'lum bo'lishicha, Frenki allaqachon klubdan 20 million evrolik maosh talab qilmoqda. Tabiiyki, bolaligidanoq “ko'k-anorranglilar” jamoasiga mehr qo'ygan yarim himoyachi o'zini shantaj qilishayotganidan va aslida ketishga majbur bo'layotganidan norozi.
"Manchester Yunayted"ga o'tishi klublar o'rtasida deyarli kelishib olingan de Yongdan tashqari yana bir qancha o'yinchilar kelajagi so'roq ostida. Bular Riki Puch, Martin Breytveyt, Oskar Mingesa, Serjino Dest, Neto va Memfis Depaylardir. Mish-mishlarga ko'ra, Depay "Sevilya"ga Jyul Kundeni transfer qilish bo'yicha kelishuv doirasida taklif qilingan, ammo bu gollandiyalik ham haligacha ketishni istamayapti. Andalusiyaliklar frantsiyalik futbolchi uchun 40 million evrodan tashqari beriladigan boshqa futbolchilar bilan variantlarni ko'rib chiqishga tayyor.
Iyul oyi boshidan beri kengash bo'ylab muzokaralar keskin kuchayib ketdi, "Barsa" eng yuqori darajadagi kelishuvlarni 16-kunga qadar, ya'ni jamoa AQShga safarini boshlashi kerak bo'lgan vaqtgacha yopishni kutmoqda. Shunga ko'ra, 65 million evro va de Yongning sotuvi olib kelishi mumkin bo'lgan 20 million evro bonuslar ko'rinishidagi pul jamoa uchun zarur. Shuningdek, gollandiyalikning hozirgi maoshi 17 million evroni tashkil etishini ham hisobga olish kerak.
Tahminlarga ko'ra, “Barselona” de Yong jamoada qolsa, uning maoshini 10 million evroga tushiradi. Sababi Andreas Kristensen va Frank Kessieni ro'yxatdan o'tkazib bo'lgan jamoa endi Frenkiga bunaqa ko'p maosh to'lay olmaydi. Shuningdek, agentining ochko'zligi qurboni bo'lishga oz qolgan Usmon Dembele uchun yangi shartnoma ham imzolandi. Qishda "Barselona" frantsuzni yangi shartnoma imzolashdan bosh tortgani uchun klubdan haydab chiqarmoqchi bo'lganida, uning vakillari sudga murojaat qilishga ham ulgurgandi.
Ammo vingerning faoliyatini davom ettirish bo'yicha ko'plab variantlari haqidagi mish-mishlar ham bo'rttirilgandek bo'ldi. "Chelsi" va "PSJ" aslida yo'q variant bo'lib chiqdi. Endi esa hatto agent pozitsiyasidan farqli o'laroq, Dembelening maoshi pasaytiriladi. Turli manbalarda aytilishicha, endi “Barsa” frantsiyalik futbolchiga avvalgidan 30-40 foiz kamroq maosh beradi.
Ma'lum bo'lishicha, klub bir o'q bilan ikki quyonni urgan, jamoa puli tejaladi va Xavining bosh murabbiy bo'lib kelishi bilan gullab-yashnagan futbolchini saqlab qoladi. Va nihoyat, braziliyalik hujumchi Rafinyaning sotib olinishi qanot hujumidagi barcha kamchiliklarni to'ldiradi, garchi dastlab uni sotib olish rejasi utopiyadek tuyulgan edi.
"Barselona" 40 million evro taklif qilgan bo'lsa, "Lids" kamida 75 million evro talab qilgan. "Arsenal" va "Chelsi" bu summani to'lashga tayyor edi, ammo “aristokratlar”ning yangi egasi Todd Boelining birinchi xaridi, Rafinyaning orzulari sabab amalga oshmay qoldi. Braziliyalik yoshligidan Kamp Nouda to'p tepishni orzu qilgan. Dembeledan farqli o'laroq, Rafinyaning agenti, mijozining “Barselona” bilan shartnoma imzolashi uchun qo'lidan kelganini qilgan. Yakunda tomonlar 58 million evroga kelishib olishdi va “Lids” yana 9 millionni bonuslar shaklida olishi mumkin.
Ko'p narsa de Yong bilan bog'liq vaziyatga qarab turipti. Bernardu Silva transferidan “Manchester Siti” uning uchun kamida 100 million ishlab olishni kutmoqda. Kataloniyaliklar hozirda har qanaqasiga uni sotib olishi imkonsiz.
"Barselona" rahbariyatining fikricha, Robert Levandovski transferi amalga oshish imkoni juda yuqori. Polyak seshanba kuni Myunxenga qaytib, tibbiy ko'rikdan o'tgan bo'lsa-da, uning Germaniyada qolishiga hech kim ishonmayapti. Buni “Bavariya” klubi do'konlarida Levandovskining libosi yo'qligidan ham payqash mumkin. "Barselona" esa transferni amalga oshirishga tayyor. Ammo ungacha “Barselona” yig'ilish o'tkazib, barcha moliyaviy hisobotlarni topshirishi kerak bo'ladi. Chunki, g'oyibdan amalga oshirilayotgan transfer uchun to'lanayotgan pullar haqidagi ma'lumotlar ochiqlanishi va jurnalistlar bundan xabardor bo'lishlari kerak.
Manba: www.sport-express.ru
Bosh sahifaga
184