Angliyaning eng bo'yi uzun futbolchisi faoliyatini Chempionshipda davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Chempionshipning “Xaddersfild Taun” klubi hujumchi Kayl Xadlin bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
22 yoshli Xadlin Buyuk Britaniyadagi eng baland bo'yli futbolchi hisoblanadi. Uning bo'yi 2 metr 10 santimetr.
“Bunday buyuk klub bilan shartnoma imzolaganimdan xursandman. Yangi jamoam bilan tezroq o'yinlarda ishtirok etishni istayman", - dedi Xadlin.
Xadlin avval Angliyaning 5-divizioni vakili "Solixall Murs" safida 62 uchrashuvda 15 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253