"Atletiko" Argentina terma jamoasi a'zosi bilan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88

“Udineze” va Argentina terma jamoasi himoyachisi Naxuel Molina “Atletiko”ga o'tishga yaqin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira Twitter'da xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, tomonlar 2027 yilgacha shartnoma bo'yicha kelishib olishgan. Bitimning moliyaviy shartlari oshkor etilmagan.
Oldinroq "Udineze" 24 yoshli futbolchini 25-30 million evroga sotishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.
Molina o'tgan mavsumda A Seriyada 35 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. Uning “Udineze” bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221