"Barselona" Pyanichni AQShga olib boradi. U mashg'ulotlarda Xavini hayratda qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93

Yarim himoyachi Miralem Pyanich faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.
Bosniya va Gertsegovina terma jamoasining 32 yoshli futbolchisi mashg'ulotlar davomida kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavida yaxshi taassurot qoldirdi va jamoa bilan AQShga turnesiga boradi.
Futbolchi allaqachon “Olot” bilan sinov uchrashuvida (1:1) ishtirok etdi.
Pyanichning "Barselona"da qolishi ehtimoli bor, ammo foydali taklif tushsa, u sotilishi mumkin.
Yarim himoyachi o'tgan mavsumni "Beshiktosh"da ijara asosida o'tkazdi. Uning "blaugrana" bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222