"Napoli" "PSJ" himoyachisiga e'tiborini qaratdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 72

"Napoli" "Chelsi"ga o'tishi kutilayotgan Kalidu Kulibali o'rniga "PSJ" himoyachisi Abdu Dialloni sotib olmoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Fabritsio Romano tvitterda xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Napoli" Dialloni doimiy ravishda sotib olish bo'yicha "PSJ" bilan muzokaralarga kirishgan. Mumkin bo'lgan o'tishdagi asosiy muammolardan biri bu o'yinchining o'zi shartnomasi bo'yicha juda katta talablar. Potentsial transfer summasi 20 million evrodan 25 million evrogacha bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Diallo 2019 yilning yozida Dortmundning "Borussiya"sidan 32 million evro evaziga "PSJ" futbolchisiga aylangandi. O'tgan mavsumda u frantsuz klubi safida barcha musobaqalarda bor-yo'g'i 16ta uchrashuvda qatnashgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226