Pochettino: "Messi bo'lmaganida EChLning barcha yarimfinalchilarida imkoniyatlar teng bo'lardi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 573
"Tottenhem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Barselona" hujumchisi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
"Agar chorak final o'yinlariga qarasak, g'alaba uchun nomzodlarni aniq ayta olmayman. Ammo tarkibida Messisi bor jamoa favorit deb hisoblayman, bu "Barselona".
Messi bo'lmaganida barcha yarimfinalchilarda teng imkoniyat bo'lar edi. U dunyoda eng yaxshi futbolchi, uning motivatsiyasi - chempionlar ligasida kurashish. U ko'p yillardan buyon cho'qqida va o'zi xohlaganicha u erda bo'lishi mumkin", - deydi Pochettino.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!