"Real" o'z safiga "Bavariya" futbolchisini qo'shib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 209

Luka Yovich ketganidan keyin "Real"ning hujum chizig'i yangi futbolchi bilan to'ldirilishi mumkin. Ispan grandi uchun potentsial variant Leroy Sane bo'ladi. Defensa Central nashri xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchining agenti "qaymoqranglilar" bilan bog'lanib, ularga mijozining xizmatlarini taklif qilgan.
2020 yilning yozidan beri Leroy Sane "Bavariya"da o'ynamoqda. O'shandan beri vinger 89 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 27 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Sane avvalroq "Manchester Siti" va "Shalke-04" klublarida to'p surgan.
Nufuzli transfermarkt portali Leroy Saneni 60 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
188