Gasperini: "Kimni hujumchisi kuchli bo'lsa - o'sha g'alaba qozonadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini hujumchilarning futboldagi ahamiyati haqida gapirdi.
"O'z-o'zidan hujumchilarning roli juda xilma-xil, ammo har qanday holatda ham butun jamoaning salohiyati hujumga to'liq bog'liq", - deydi 64 yoshli mutaxassis Sky nashriga.
"Etakchi klublarga qarang: “Inter” va Lukaku, “Napoli” va Osimxen, Abraxam va “Roma” va hokazo. Har bir pozitsiyada kuchli o'yinchilarga ega bo'lish muhim, ammo yakunda g'alaba qozonish uchun gol urish kerak - g'oliblarda har doim yaxshi hujumchilar bo'ladi”, - dedi Gasperini.
Jan Per Gasperini "Atalanta" boshqaruvidagi ettinchi mavsumiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Murabbiyning klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201