"Manchester Yunayted" Martines bilan kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Argentina terma jamoasi va “Ayaks” himoyachisi Lisandro Martines “Manchester Yunayted”ga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Muzokaralar yakuniy bosqichga o'tdi, "Yunayted" vakillari to'lov uchun direktorlar kengashining yakuniy roziligini olish uchun Angliyaga qaytib kelishdi. Yakuniy uchrashuv 14 iyul kuni bo'lib o'tadi.
O'tgan mavsumda Martines Erediviziyada 24 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192