"Real" Azar uchun keladigan har qanday taklifga ochiq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Relevo nashrining xabariga ko'ra, "Real" hujumchi Eden Azar uchun yozda keladigan har qanday taklifni tinglashga tayyor.
Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti belgiyalik futbolchining madridliklar safida o'z o'rnini egallashga bo'lgan muvaffaqiyatsiz urinishlaridan keyin sotilishini ma'qulladi.
Qolaversa, Azarning Vinisius Junior timsolida juda kuchli raqobatchisi bor, u so'nggi paytlarda sezilarli yutuqlarga erishmoqda va Edenga imkon bermayapti.
Anchelotti Edenga o'zining eng yaxshi o'yin holatiga qaytishiga yordam bermoqchi. Ammo, agar boshqa klub "Real"ga taklif bilan chiqsa, Azarning "Santyago Bernabeu"dagi vaqti yakuniga etishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190