"Barselona" — "Liverpul": o'yinni boshqaradigan hakamlar ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1245
UEFA Chempionlar ligasi yarim final o'yinlari dastlabki uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakamlar ro'yxatini ma'lum qildi.
Demak, "Tottenxem" — "Ayaks" uchrashuviga Antonio Mateo Laos boshchiligidagi ispaniyalik hakamlar brigadasi tayinlandi. Unga Pao Sebrian Devis va Roberto del Palomar yordam beradi. To'rtinchi hakam — Alberto Undiano Malenko. Videotakrorlar tizimida esa Alexandro Ernandes va uning yordamchisi Xuan Martines Laosga yordam berishadi.
"Barselona" — "Liverpul" o'yinini esa gollandiyalik hakam Born Kuypers boshqaradigan bo'ldi. Unga Mario Diks va Ervin Zeynstr (hammasi gollandiyalik) yordam berishadi. To'rtinchi hakam gretsiyalik Tasos Sidiropulos. Videoyordamchi — Danni Makkeli, uning assistenti esa — Pol van Bukel.