Tuxel: "Ronaldu biz uchun hozir unchalik muhim emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

“Chelsi” klubining 48 yoshli bosh murabbiyi Tomas Tuxel “aristokratlar” portugaliyalik yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
“Albatta, men boshqa hujumchi bilan shartnoma imzolashni istisno etmayman, lekin, umuman olganda, bu biz uchun hozir unchalik muhim emas. Hozir ustuvor vazifa - himoya, bu hech kimga sir emas. Biz eng yaxshi o'yinchilarni yo'qotdik, endi ularni o'rnini to'ldirishimiz kerak", - deya Tuxelning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda 37 yoshli Ronaldu "Manchester Yunayted" safida barcha turnirlar doirasida 38ta o'yinda qatnashib, 24ta gol va 3ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230