Igor Sergeev Evropa chempionlar ligasida gol urdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Qozog'istonning «Tobol» klubi Evropa ligasi saralash bosqichi doirasida Vengriyaning «Ferentsvarosh» klubiga qarshi javob uchrashuvini o'tkazdi.
Vengriyaliklar dastlabki 21 daqiqa ichida raqib darvozasini 3 marta ishg'ol etishga muvaffaq bo'lishdi. 23-daqiqada esa Zoran Toshichning uzatmasidan keyin Igor Sergeev raqib darvozasini ishg'ol qilib, o'yinga intrigani qaytardi. Ammo Cherchesov shogirdlari ikkinchi bo'limda 2ta gol urib, keyingi bosqich masalasini hal etishdi.
Eslatib o'tamiz, Qo'stanoyda bo'lib o'tgan dastlabki bahsda hisob ochilmagandi.
Evropa chempionlar ligasi, saralash bosqichi
Ferentsvarosh Vengriya – Tobol Qozog'iston 5:1 (3:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 4 Traore, 2:0 – 17 Traore, 3:0 – 21 Laiduni, 3:1 – 23 Sergeev, 4:1 – 74 Bassi, 5:1 – 90 Bassi.
Ferentsvarosh – Dibus, Kovachevich (Knuster, 83), Chivich, Mmae, Uingo, Esiti (Lonchar, 75), Sakariassen (Merse, 83), Laiduni, Ngen (Auski, 68), Boli (Bassi, 69), Traore.
Tobol – Tomashevich, Maliiy, Mokin, Amanovich, Kairov, Toshich (Jaksiiliikov, 78), Brijidu (Vukadinovich, 75), Tagiibergen, Yovanchich, Jariinbetov (Mujikov, 68), Sergeev (Deble, 75).
Ogohlantirishlar: Kovachevich (56), Mujikov (78).
Chetlatish: Mujikov (81).

Bosh sahifaga
212