"Milan" "bomba" transferni yakunlashga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 257

Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares "Milan"ga o'tishga yaqin turibdi, deb xabar beradi AS.
Manbaga ko'ra, italyan klubi soliqlardan tashqari futbolchiga yiliga to'rt million evro taklif qilgan. Shuningdek, "Montsa" ham futbolchi uchun kurash olib bormoqda va unga xuddi shunday shartlar asosida shartnoma taklif qildi. Forvard erkin agent, shuning uchun u yangi klubga tekinga o'tishi mumkin.
35 yoshli Suares bungacha “Nasional”, “Groningen”, “Ayaks”, “Liverpul”, “Barselona” va “Atletiko” klublarida to'p tepgan. Urugvay terma jamoasi safida 132 ta o'yin o'tkazib, 67 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210