"Manchester Yunayted" rahbariyati Amsterdamda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

"Manchester Yunayted" rahbariyati Amsterdamga "Ayaks" himoyachisi Lisandro Martines bo'yicha muzokaralar o'tkazish uchun etib keldi, deb yozmoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Manba bergan xabarga ko'ra, ingliz klubi 24 yoshli argentinalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.
O'tgan hafta "Ayaks" "Manchester Yunayted"ning 50 million evrolik taklifini rad etdi, ammo muzokaralarni davom ettirishga tayyor.
O'tgan mavsumda Lisandro amsterdamliklar safida barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213