"Chelsi" yana bir super transferni deyarli rasmiylashtirdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 185

"Chelsi" "Napoli" bilan himoyachi Kalidu Kulibalining shartnomasini sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi, deb yozmoqda jurnalist Fabritsio Romano o'z Twitter sahifasida.
Bitim 40 million evroni tashkil qiladi. Shaxsiy shartnoma shartlariga ko'ra, Kulibalining maoshi soliqlar to'langanidan keyin yiliga 10 million evroni tashkil qiladi.
Oldinroq 31 yoshli senegallik 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashi xabar qilingandi.
O'tgan mavsumda Kulibali neapolliklar safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Himoyachining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214