“Real” Sebalosni sota olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Dani Sebalos bilan xayrlashishga tayyor, biroq hozircha futbolchi bo'yicha takliflar yo'q.
Aurelien Tchuameni sotib olinganidan so'ng, Sebalosning "Real Madrid"dagi istiqbollari yanada yomonlashdi.
Madridliklar futbolchining narxini 12-15 million evroga pasaytirishga tayyor, ammo hozircha hech kim o'yinchini sotib olish fikrini bildirmagan.
25 yoshli yarim himoyachi "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan vaziyatni muhokama qilishi kutilmoqda. Agar Sebalos Madridda qolsa, bosh murabbiy unga ko'proq daqiqa taklif qilishga tayyor.
Futbolchi o'tgan mavsumda La Ligada 11 o'yin o'tkazib, gol ura olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
323