"Barselona" muxlislari uchun xushxabarlar davom etadi. Dembele ham klub bilan yangi shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

"Barselona" prezidenti Joan Laporta klub hujumchi Usmon Dembele bilan yangi shartnoma imzolashini tasdiqladi.
Laporta shuningdek, yaqin vaqt ichida klub jamoaga yangi kelgan hujumchi Rafinyani ham tanishtirishini aytdi. Bugun, 13 iyul kuni klub transfer bo'yicha prinsipial kelishuvni e'lon qildi
"Ha, bu hafta biz Rafinya va Dembele bilan shartnoma imzolaymiz va ular ishtirokida taqdimot o'tkazamiz", - deya Laporta so'zlarini keltirgan jurnalist Fabritsio Romano.
Bugun, 13 iyul kuni 25 yoshli Dembele tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgani va "Barselona" bilan 2 yillik shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi.
Dembele 2017 yilning avgustida Dortmundning "Borussiya"sidan "Barselona"ga o'tgan edi. 1 iyul kuni futbolchining ispan klubi bilan shartnomasi nihoyasiga etdi, futbolchi erkin agentga aylandi.

Bosh sahifaga
193