Rasman! "Barselona" Rafinya bo'yicha "Lids" bilan kelishib olganini tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

"Barselona" "Lids" hujumchisi Rafinyaning transferi bo'yicha prinsipial kelishuvni e'lon qildi.
Bitimni yakunlash uchun 25 yoshli braziliyalik faqat tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak edi.
Transfer summasi va futbolchi bilan shartnoma muddati ko'rsatilmagan. Oldinroq “Barselona” futbolchi uchun 58 million evro to'lashi, bonuslar hisobga olinsa, bu summa 67 million evroga ko'tarilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Futbolchining shaxsiy shartnomasi 2027 yilgacha tuzilishi kerak.
2021/22 yilgi mavsumda Rafinya "Lids" safida 36 o'yinda 11 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt.com portali hujumchini 45 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214